Professional futbol klubi a'zosi hamkasbining bank kartasidagi pullarini o'zlashtirdi

Оқил Абдубарноев
11 noya 2022, 21:00
Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Professional futbol klubi futbolchilari Jizzax viloyatida 1993 y.t., Q.B va Surxondaryo viloyatida 1994 y.t., A.S. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs bank kartalaridagi umumiy 18.341.250 so'm pullarini echib olinganligini bildirishgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o'zlashtirgan shaxs futbol klub jamoasi a'zosi Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida yashovchi 2004 y.t., M.M. ekanligi aniqlangan.

M.M. ushbu jinoyatni futbol klubi jamoasi mashg'ulotlar o'tkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganligidan foydalanib telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni o'zining qurilmasiga o'tkazib, SMS-xabarnomalarni qo'lga kiritish yo'li bilan amalga oshirganligi ma'lum bo'ldi.

M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ИИВ Киберхавфсизлик маркази