PRO-liga. Pley-offda o'ynaydigan jamoalarning barchasi ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 noya 2018, 17:08
PRO-ligada 35-tur o'yinlari ortda qoldi.

Oldinda faqat so'nggi tur bahslari qoldi.

Bugunga kelib "A" guruhida ham "B" guruhida ham pley-offda o'ynaydigan klublar nomi ma'lum bo'ldi.

"A" guruhida "Andijon" birinchi o'rinni naqd qildi va Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqdi.

Ushbu guruhda "Mashal" ikkinchi, "Istiqlol" uchinchi o'rinni naqd qilishdi.

"B" guruhida esa "Sherdor" va "Nurafshon" klublari oxirgi turdagi natijadan qati nazar kuchli ikkinchi o'rindan pastga tushishmaydi. Faqat ularning aynan qaysi o'rinni olishlari so'nggi turdan keyin ma'lum bo'ladi. "Nurafshon" oxirgi turda yirik hisobda g'alaba qozonsa birinchi o'ringa chiqib oladi.


"Andijon" - Superliga

"A" guruhi
"Mashal" va "Istiqlol"
pley-offda o'ynaydi

"B" guruhi
"Sherdor" va "Nurafshon"
pley-offda o'ynaydi




PRO-LIGA PLEY-OFF
26-27 noyabr

1-juftlik. "Mashal" – Pro-Liga “V” 2-o'rin
2- juftlik. "Istiqlol" – Pro-Liga “V” 1-o'rin

SUPERLIGA PLEY-OFF
3 dekabr

Superliga 11-o'rin – 1- juftlik g'olibi

4 dekabr
Superliga 10-o'rin – 2- juftlik g'olibi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia