PRO liga. Bugun Farg'onada peshqadamlar bahsi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2020, 09:02
Bugun Pro ligada 11-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Mazkur tur doirasida Asror Aliqulov boshchiligidagi musobaqa peshqadami G'uzorning "Sho'rtan" klubi Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.

Mazkur jamoalarning PRO-Liga birinchi davrasidagi to'qnashuvi G'uzorda bo'lib o'tgan va 2:1 hisobida "Sho'rtan"ning g'alabasi bilan yakunlangan. Ma'lumot uchun ayni damda musobaqa jadvalida 22 ochko bilan "Sho'rtan" birinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, Abdusamad Do'rmonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jami 21 ochko jamg'argan xolda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Pro liga. 11-tur
"Neftchi" - "Sho'rtan"
15:00. Farg'ona shahri. "Istiqlol" stadioni.
Hakamlar:
Sherzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Abbos Ahrorov

Uchrashuv tafsilotlari, onlayn natija hamda o'yin jarayonidan tezkor fotosuratlarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia