

Bugunga faqat bitta o'yin belgilangan: "Sho'rtan" - "Xorazm". "Buxoro" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi turning markaziy bahsi esa 24 may sanasiga belgilangan.
Pro liga
9-tur
22.05.2024, 18:00
"G'uzor" markaziy stadioni
"Sho'rtan" - "Xorazm"
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Qanot hakamlari: Islom Azimov, Sherzod A'zamov
Zaxira hakami: Naim Qosimov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Feruz G'aniev

9-tur oldidan Pro liga turnir jadvalida "Buxoro" va "Qo'qon-1912" jamoalari 16 ochkodan jamg'arib qo'shhokimlik o'rnatishgan. "Mashal"da 15, "Aral"da esa 14 ochko bor.




