PRO-Liga, “A” guruhi. 8-turda eng ko'p muxlis Andijonda

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 13:07
Kuni-kecha PRO-Liganing 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga o'yinlarning e'tiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz. Dastlab tomoshabinlar haqida so'z yuritamiz.

PRO-Liganing “A” guruhi, 8-turida bo'lib o'tgan 4ta o'yinida jami 8352 nafar tomashabin kuzatildi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 2088 ta muxlis demakdir.

Ushbu turda eng ko'p “Andijon” – “Norin” o'yiniga tashrif buyurgan. “Sog'lom avlod” stadionida kechgan vodiy derbisini bevosita 3114 nafar ishqiboz kuzatib borgan.
E'tiborlisi qolgan uchrashuvlarda tomoshabinlar soni 3000 tadan oshmagan.  

Aksincha eng kam tomoshabin Qashqadaryo derbisida kuzatildi. “Sho'rtan” – “Mashal” qarama-qarshiligini stadionda atiga 512 nafar tomoshabin kuzatgan.
 
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“OROL” – “DINAMO” - 2:1 (1:0).
Nukus shahri. “Turon” stadioni. 2225 tomoshabin.

 “SURXON” – “ISTIQLOL”  - 1:0  (0:0).
Termiz shahri. “Alpomish” stadioni. 2501 tomoshabin.

 “SHO'RTAN” – “MASH'AL” - 1:2 (1:2).
G'uzor shahri. “G'uzor” stadioni. 512 tomoshabin.

 “ANDIJON” – “NORIN” - 4:1  (1:1).
Andijon shahri. “Sog'lom avlod” stadioni. 3114 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia