Prevyu. Zomin - Norin

Narzulla Saydullayev
19 apr 2016, 18:22
Ertaga O'zbekiston Birinchiligi-2016 musobaqalarining 4-turiga start beriladi.

Bunda Zominning “Zomin” jamoasi o'z uyida Haqqulobodning “Norin” jamoasini qabul qiladi.

Jamoalar o'zaro birinchi bor to'qnash kelishmoqda. O'tkan uchta tur natijasiga ko'ra musobaqa jadvalida “Norin” jamoasi 4 ochkoga, “Zomin” jamoasi esa 3 ochkoga ega. 3-turda “Zomin” jamoasi Andijonning “Uz-Dong-Ju” jamoasi bilan to'qnash kelishgandi. Lekin bazi sabablarga ko'ra uchrashuv bo'lmadi va “Zomin” jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi. “Norin” jamoasi esa shu turda Samarqandning “Dinamo” jamoasi mehmoni bo'lib,
2-1 hisobida mag'lubiyatga uchrashishdi.

“Zomin” jamoasi “Norin” jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini Jizzax shahridagi “Sug'diyona” o'yingohida o'tkazadi. Uchrashuv soat 17-00da boshlanadi.
Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
Imkoniyatlar: 40/30/30

O'zbekiston Birinchiligi – 2016
Birinchi bosqich
4-tur. 20 aprel (chorshanba)
“Sug'diyona” o'yingohi
Zomin (Zomin) – Norin (Haqqulobod)
Hakamlar:
F. Narsafarov (Karshi), M. Karimov (Toshkent), S. Nishanbaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).


Akmal Raxmatullaev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia