Prevyu. “So'g'diyona” - “Nasaf”

Narzulla Saydullayev
29 noya 2018, 11:01
Superliga 32-tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi.


USHBU MAVSUMDA

Superliga 9-turida So'g'diyona Qarshida Nasafga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuvning 16-daqiqasida Igor Golban o'z darvozasini ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limning 79-daqiqasida Saxob Rashidov hisobni 0:2 ko'rinishiga olib kelgan edi. 85-daqiqada Aziz G'aniev penaltidan hisobni qisqartirgan edi va shu tariqa o'yin 1:2 hisobida yakunlangan edi.

Superliga 20-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi. Bahsning 15- daqiqasida Islom Kenjaboev hisobni ochgan edi. O'yin so'nggiga qadar hisob o'zgarmadi 0:1

Superliga 27-turida “So'g'diyona” Qarshida Nasaf bilan kuch sinashdi va yirik 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Gollarga Sharof Muhitdinov (42) – 1:0,Bobir Abdixoliqov (67), – 2:0, Bobir Abdixoliqov (83) – 3:0 lar mualliflik qilishgan.

O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Nasaf” klublari shu kungacha 37 bor kuch sinashishgan. “So'g'diyona” hisobida 7 ta, “Nasaf” hisobida 29 ta g'alaba mavjud. 1 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  ajdarlar tomonida:  31:81. “So'g'diyona”  o'zaro o'yinlarda 22 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa , “Nasaf” 88 ochkoni qo'lga qiritgan.


 “So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi 5 ta uchrashuvlar:


01.08.2018 So'g'diyona – Nasaf 0:1
26.09.2017 So'g'diyona – Nasaf 0:3
19.11.2016 So'g'diyona – Nasaf 0:3
21.10.2015  So'g'diyona – Nasaf1:2
03.05.2014 So'g'diyona – Nasaf 1:2

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 18  ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” ,13 tasida “Nasaf” g'alaba qozongan. Durang natija qayd etilmagan.



 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати