Prevyu. "Paxtakor" - "Metallurg"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2016, 09:00
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda "Paxtakor" va "Metallurg" klublari to'qnash kelishadi.

Paxtakor (Toshkent) – Metallurg (Bekobod)
25 aprel 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: A. Qodirov.

“Paxtakor” hamda “Metallurg” oliy ligada 36 bora to'qnash kelishgan. Shulardan 29tasida poytaxtliklar g'olib bo'lishgan, 3ta o'yinda “Metallurg” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 4 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 98:28 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “sherlar” 91 ochkoni, “Metallurg” esa 13 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Metallurg” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:0. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda “sherlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:1ga teng.

2015 yil birinchi davrada Bekoboddagi o'yinda Bahodir Pardaev ikki bor maydon egalarini ranjitgandi. Bahs so'nggida MurodjonToshmatov yagona javob to'pini kiritgandi – 1:2. Toshkentdagi uchrashuvda Ayubxon No'monov va Shoxnazar Norbekovning urgan gollari mehmonlarni oldinga olib chiqqan. Bahs so'nggida Bahodir Pardaev va Igor Sergeev (2ta) tomonidan urilgan gollar “sherlar”ga g'alaba keltirgandi – 3:2.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.09.2015 Paxtakor - Metallurg 3:2
06.06.2014 Paxtakor - Metallurg 2:1
23.10.2013 Paxtakor - Metallurg 5:2
01.07.2012 Paxtakor - Metallurg 5:0
25.08.2011 Paxtakor - Metallurg 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z uyida bu raqibni 16 marta mag'lub etgan. Toshkentda bo'lib o'tgan ikkita o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” safarda “Paxtakor”ni umuman mag'lub eta olmagan. Oxirgi to'rt yilda “Paxtakor” 4 bor zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia