PREVYU. OKMK - "Paxtakor". Afsonalar to'qnashadigan oqshomda Cheran Odil Ahmedovga yetib oladimi?

Iskandarov Abdulaziz
22 apr 2023, 08:38
Bu jamoalarning o'zaro o'yinida kim ustunligi, kim yutishini oldindan hamma ayta oladigan darajaga kelindi.

Biroq har bir ishning intihosi bor. OKMK bugun ana shu intihoning bosh qahramoni bo'lishi mumkin. 


O'zaro uchrashuvlar

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 29 marta o'zaro to'qnash kelishgan. 21 bellashuvda "Paxtakor" g'alaba qozongan. 4 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, 4 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. "Sherlar" 52 to'p kiritib, 16 gol o'tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni jamoa yirik g'alaba bilan qo'lga kiritgan. 

"Paxtakor"  -  OKMK. Jamoalarning so'nggi 14ta uchrashuviga nazar solamiz. Olmaliqliklar 12ta o'yindan beri "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. So'nggi g'alaba 2018 yil O'zbekiston kubogi finalida qo'lga kiritilgan. Superliga doirasida esa "konchilar" 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasida Rahmatillo Berdimurodov va Igor Yelichning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Demak bunga ham 6 yil bo'libdi.  OKMK oxirgi 5ta uchrashuvda 15ta gol o'tkazib yuborib, raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan. So'nggi bor 2020 yilgi mavsumda  "sherlar" posbonini ranjitganini aytish joiz. Mirjalol Qosimov shogirdlari mazkur noxush statistikaga  chek qo'yadimi?

Igor Sergeev o'zaro o'yinlar to'purari, Cheran Ahmedovga yetib olishi mumkin

Sergeev hozirgacha Olmaliq jamoasi darvozasini 8 marta ishg'ol qilishga erishgan.

OKMK bilan yuqori ligada jamoamiz 2008 yildan beri to'qnash kelmoqda. O'zaro o'yindagi ilk gol Odil Ahmedov hisobiga yozilgan. Raqibning birinchi goliga Baxtiyor Hamidullaev mualliflik qilgan.

Igor Sergeev OKMK darvozasini ayni paytga qadar 8 bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Bu ko'rsatkich bilan u o'zaro o'yinlar to'purari hisoblanadi. Odil Ahmedov va Sherzod Karimov hisobida 5tadan gol mavjud. Vladimir Kozak esa 3 marta olmaliqliklar darvozasini nishonga olgan. OKMK uchun "Paxtakor" darvozasiga eng ko'p golni Zafar Polvonov kiritgan. Ushbu hujumchi to'qnashuvlarda 3 gol muallifiga aylangan.

8 - Igor Sergeev

5 - Odil Ahmedov, Sherzod Karimov

4- Dragan Cheran, 

3 - Vladimir Kozak, Zafar Polvonov, Doston Hamdamov.

Mezbon sifatidagi oxirgi g'alaba

Olmaliqdagi o'yinlarda ham mutloq ustunlik "Paxtakor" tomonida 12ta g'alaba, 3ta mag'lubiyat. Yuqorida aytganimizdek, 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasidagi g'alaba, raqib darvozasiga urilgan gol so'nggisi bo'lib turibdi. OKMK mezbonlik qilgan  keyingi 5ta bahsda to'p kirita olmagan. 

15.09.2022. OKMK - "Paxtakor" 0:2

18.03.2021. OKMK - "Paxtakor" 0:3

01.11.2020. OKMK -  "Paxtakor" 0:6

17.08.2019. OKMK - "Paxtakor" 0:3

12.07.2018. OKMK - "Paxtakor" 0:1

15.06.2017. OKMK - "Paxtakor" 2:0

Yo'qotishlar 

Ikki jamoa tarkibidagi familyadoshlar Doston va Sanjar Tursunovlar diskvalifikaciya sabab jamoaga yordam bera olishmaydi. "Paxtakor" safidagi U-20 terma jamoasi a'zolari ayni paytda Ispaniyada yig'inda ishtirok etishmoqda. 

Imkoniyatlar 

Qosimovning jamoasida yetishmayotgan narsa barqarorlik. Natijalar ham turg'un emas. Bitta o'yinda yaxshi, ikkinchisida boshqacha. Shackix mavsum boshidagi omadsiz startdan so'ng jamoani ancha yo'lga tushirib oldi. Shunday holat bo'lyaptiki, "Paxtakor" maydonda bir kishi kam bo'lib qolganda ham o'z o'yin chizmasini o'zgartirayotgani va "amerika" ochayotgani yo'q. Cheran yana katta sahnaga chiqa boshladi. 

Imkoniyatlar: 45/55

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia