Prevyu. "Navbahor" - "Qizilqum"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 09:10
Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 27 bor kesishgan.
NAVBAHOR – QIZILQUM
18 oktyabr. Kosonsoy. “Kosonsoy” stadioni. 15:30
Hakamlar:
V.Seytlin, X.Shodmonov, R.Shoyahmetov, R.Tolibjonov.
Nazoratchi: S.Ermatov.
Komissar: N.Lutfulin.

Ustunlik “Navbahor” tomonida. 9ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 7ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 35ta gol kiritib o'z darvozalaridan 27 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Navbahor” 38 ochkoni, “Qizilqum” esa 32 ochkoni qo'lga kiritgan. 

“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

Zarafshonda bo'lib o'tgan dastlabki davradagi bahsda Ro'zim Ahmedovning birinchi bo'limda kiritgan to'pi “Navbahor”ga g'alaba keltirgandi – 0:1.

“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.03.2012 Navbahor - Qizilqum 0:0
24.09.2011 Navbahor - Qizilqum 3:0
11.09.2010 Navbahor - Qizilqum 1:1
13.10.2009 Navbahor - Qizilqum 1:1
13.11.2008 Navbahor - Qizilqum 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi vodiydagi o'yinlarda 6 marta durang qayd etilgan. 5 marta “Navbahor”, 2 marta “Qizilqum” g'alaba qozongan. Zarafshon klubi so'nggi bora “Navbahor” maydonidan 2007 yilda g'alaba bilan qaytgan. Shundan so'ng “lochinlar” maydonida bo'lib o'tgan 5ta o'yinda “Qizilqum” klubi uch ochkoga erisha olmagan. Oxirgi ikki yilda “Qizilqum” safarda bu jamoaga gol ham ura olmagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia