PREVYU. DINAMO – METALLURG

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 09:35
“Dinamo” hamda “Metallurg” oliy ligada 29 bora to'qnash kelishgan.
DINAMO – METALLURG
29 oktyabr. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 15:30
Hakamlar:
V.Seytlin, U.Karimov, S.Shoyusupov, SH.Po'latov
Nazoratchi: I.Mustafin.

Shu o'yinlardan 13tasida samarqandliklar g'olib bo'lishgan, 8ta o'yinda “Metallurg” g'alaba qozongan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga 45:31ni tashkil qilmoqda. Mana shu o'yinlarda “Dinamo” 47 ochkoni, “Metallurg” esa 32 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Metallurg”ning “Dinamo” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 5:3. “Dinamo”ning o'zaro o'yinlarda bekobodliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 5:0.

Birinchi davradagi o'yin Bekobodda bo'lib o'tgan. 16 mart kuni tashkil etilgan o'yinda hisob ochilmagandi – 0:0.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
27.08.2012 Dinamo - Metallurg 3:2
01.10.2011 Dinamo - Metallurg 3:1
03.04.2010 Dinamo - Metallurg 0:0
23.05.2009 Dinamo - Metallurg 5:3
20.09.2008 Dinamo - Metallurg 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Samarqanddagi o'yinlarda “Dinamo” 11 marta uch ochkoga ega bo'lgan. 2ta ucharshuvda durang qayd etilgan. “Metallurg” bu raqib maydonidan faqat bir marta (2002 yil) g'alaba bilan qaytgan. “Dinamo” o'z uyidagi oxirgi 10ta o'yinda Bekobod klubiga mag'lub bo'lmagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia