Prevyu. "Bunyodkor" stadionida o'tadigan Toshkent derbisi

Khoja
9 mar 2024, 11:05
Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Olimpik" va "Lokomotiv" o'rtasidagi derbi bo'lib o'tadi.

Bu klublar Superligada ikki marta to'qnash kelishgan xolos. 2022 yilgi mavsumda "Olimpik" maydonida o'tgan bahsda "Lokomotiv" (3:0), "Lokomotiv" maydonida o'tgan uchrashuvda esa "Olimpik" (2:1) g'olib bo'lgan. 

2024 yilgi mavsumni "Lokomotiv" o'z maydonidagi durang ("Metallurg" - 2:2) bilan boshladi. "Olimpik" esa dastlabki turni Qarshida o'tkazdi va mag'lub bo'ldi - 0:2. 

O'zaro o'tgan barcha o'yinlar: 

17.10.2022 "Lokomotiv" – "Olimpik" 1:2

16.05.2022 "Olimpik" – "Lokomotiv" 0:3


"Olimpik" - "Lokomotiv"

09.03.2024. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 16:00

Bosh hakam: Sardor Ismatullaev.

Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Oybek Kalaxo'jaev.

Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov.

VAR hakami: Rahimbek Karimov.

AVAR hakami: Avaz Abdullaev.

Nazoratchi: Valentin Kovalenko.

Komissar: Sardor Qudratullaev.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia