Prevyu. Ahmedov va Denisov jamoalari Krasnodarda to'qnash keladi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2015, 11:59
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan "Krasnodar" va "Lokomotiv" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
KRASNODAR - LOKOMOTIV
25 aprel. Krasnodar. "Kuban" stadioni. 21:00.
Hakam
- Sergey Lapochkin (S.Peterburg).
Translyatsiya - "Nash Futbol".
 
Turning markaziy o'yinlaridan birida "Krasnodar" o'z uyida Moskvaning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. O'tgan turda "buqalar" SSKA bilan safardagi bahsda Vandersonning goli evaziga durang qayd etdi. Oleg Kononov jamoasi SSKAdan 4 ochko farq bilan hamon ikkinchi o'rinda bormoqda. "Krasnodar" uchun Yevropa chempionlar ligasi yaqin, buning uchun g'alaba qozonishda davom etish kerak. Navbatda "Lokomotiv" turibdi. Bu jamoa Yevropa ligasi yo'llanmasi uchun kurashishda davom etmoqda. O'tgan turda "temiryo'lchilar" autsayderlardan biri "Ufa"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi.



"Loko"da Rossiya kubogi yarim finali ham bor. "Krasnodar"ga qarshi o'yindan so'ng Moskva klubi "Gazovik" bilan o'ynaydi. Aynan keyingi o'yin "Lokomotiv" uchun muhimroq hisoblanadi. Biroq bugun Krasnodar klubi oson g'alabaga erishadi degani emas. "Loko" kerakli vaqtda sifatli o'yin namoyish eta oladigan mahoratli futbolchilarga ega.

"Lokomotiv" "Krasnodar"ga qarshi o'yinlarda kattagina ustunlikka ega. Moskva klubi 7 o'yindan 5tasida zafar quchgan. Krasnodar klubi ilk g'alabasini 2012 yilida qo'lga kiritgan. Bu mavsumning ilk turida ushbu jamoalar o'rtasidagi bahsda durang qayd etilgan. "Cherkizovo"dagi bahsda hisob ochilmagandi.

"Krasnodar"da himoyachi Artur Endjeychik va yarim himoyachi Joaozino jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi. Yuriy Gazinskiyning maydonga tushishi so'roq ostida. "Lokomotiv" safida o'tgan turda qizil kartochka olgan va diskvalifikaciya qilingan Dmitriy Tarasov maydonga tusha olmaydi. Mavsum oxiriga qadar Yan Dyurica safdan chiqdi. Mutaxassislar "Krasnodar"ni uchrashuvning yaqqol favoriti deb hisoblashmoqda.

Rossiyalik hamkasblarimiz taxminiy tarkiblarda O'zbekiston terma jamoasi a'zolarining ilk daqiqalardanoq maydonga tushishini aytishmoqda.
 


Yo'qotishlar:
"Krasnodar": Artur Endjeychik (jarohat), Joaozino (jarohat)   
"Lokomotiv": Yan Dyurica (jarohat), Dmitriy Tarasov (diskvalifikaciya)
 
Taxminiy tarkiblar:
4-5-1: Dikan, Kaleshin, Grankvist, Sigurdsson, Petrov, Pereyra, ODIL AHMEDOV, Izmaylov, Shirokov, Mamaev, Ari.   
4-5-1: Gilerme, Shishkin, Chorluka, Sheshukov, VITALIY DENISOV, Samedov, Mixalik, Fernandesh, Bussufa, Kasaev, Shkuletich.


 
O'zaro o'yinlar:

 23.04.2011. "Kuban" stadioni (Krasnodar) - 1:4 (Shipicin - Shishkin, Ibrichich, Ignatev, Sychev).
 21.08.2011. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 0:1 (Glushakov).
 04.08.2012. "Kuban" stadioni (Krasnodar) - 3:1 (Avtogol, Joaozino, Movsisyan - Kaysedo).
 24.11.2012. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 2:3 (Shipicin, Vanderson - N'Doye-2, Obinna).
 05.08.2013. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 1:3 (Joaozino - Denisov, N'Doye, Dyurica).
 26.04.2014. "Kuban" stadioni (Krasnodar) - 1:3 (Joaozino - Al.Miranchuk, Samedov-2).
 03.08.2014. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 0:0.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia