

O'ylaymanki, ko'pchilik muxlislar zal ishtirokchilarini tanlash qanday bo'lganligi va ular uchun mezon mavjudmi yoki yo'qmi deb hayron bo'lishsa kerak..
Keling, hamma narsa haqida bir tartibda gaplashaylik.
Bir yil oldin ixtiro qilingan, yaqinda e'lon qilingan
Premer-liganing Shon-sharaf zali 2021 yilda tashkil etilgan bo'lib, u Angliya Premer-ligasida o'ynagan taniqli futbolchilarga bag'ishlangan. Zalga faoliyatini 2020 yil 1 avgustga qadar yakunlagan futbolchilargina kiritiladi.
Ma'lum bo'lishicha, tashkilotchilar bu loyihani bir yil avval o'ylab topishgan va e'lon qilishgan – 2020 yil fevral oyining oxirida Sky Sports bu haqda Twitterda e'lon qilgan. Shuningdek, ma'lumotlarga ko'ra, o'sha yil 19 mart kuni Shon-sharaf zalining dastlabki ikki a'zosi e'lon qilinishi kerak edi. Ammo kutilgan voqea bir yildan ko'proq vaqtga kechiktirildi.
Tanlov uchun asosiy mezonlar
Premer-liga rahbariyati futbolchining tanlanganlar ro'yxatiga kirishi mumkin bo'lgan mezonlarni ilgari surdi. Asosiy qoida shundan iboratki, 1992 yil Premer-liga qayta tashkil etilgandan keyin maydonda tup tepgan futbolchilar Shon-sharaf zaliga qabul qilinadi.
Shon-sharaf zaliga tanlovning asosiy mezonlari:
– karerasini 2020 yil 1 avgustgacha yakunlagan bo'lishi;
– Premer-ligada kamida 250 ta o'yin o'tkazgan bo'lishi;
– bir klub uchun Premer-ligada kamida 200 ta o'yin o'tkazgan bo'lishi;
– “Oltin butsa” yoki “Oltin qo'lqop” sovrinini qo'lga kiritgan bo'lishi;
– mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan bo'lishi;
– o'n yillik yoki boshqa yubiley ramziy jamoalariga kirgan bo'lishi;
– kamida uch bor Angliya chempionligini qo'lga kiritgan bo'lishi;
– 100 ta gol urgan yoki 100 ta quruq o'yin o'tkazgan (darvozabonlarga tegishli) bo'lishi kerak.
Dastlab Anri o'rniga Giggz kiritilishi kerak edi
Shirer va Anri darhol e'lon qilindi, ammo The Mirror jurnalisti Jon Krossning so'zlariga ko'ra, Rayan Giggz Anri o'rniga Shon-sharaf zaliga kiritilishi kerak edi. Ikki ayolga jinsiy tajovvuz qilgani haqidagi xabar tufayli Giggz o'rnini Terri Anri egalladi.
Shirer va Anri darhol e'lon qilindi, zalning yana olti a'zosi 23 nomzod orasidan muxlislar tomonidan aniqlandi.

Ayni paytda Shon-sharaf zalining barcha a'zolari:
Alan Shirer (441 uchrashuv, 260 gol, 64 golli pas, 1 titul, 3 oltin butsa)
Terri Anri (258 o'yin, 175 gol, 74 golli pas, 2 titul, 4 butsalar)
Erik Kantona (156 o'yin, 70 gol, 56 golli pas, 4 titul)
Roy Kin (366 o'yin, 39 gol, 33 golli pas, 7 titul)
Frenk Lempard (609 o'yin, 177 gol, 102 golli pas, 3 titul)
Dennis Bergkamp (315 o'yin, 87 gol, 94 golli pas, 3 titul)
Stiven Jerrard (504 ta o'yin, 120 gol, 92 ta golli pas)
Devid Bekxem (265 o'yin, 62 gol, 80 golli pas, 6 titul)
Angliya Premer-ligasining Shon-sharaf zaliga yangi futbolchilarni kiritish kelgusi yil amalga oshiriladi.
Oqilbek Abdubarnoev tarjimasi



