Predrag Vuyovich "Dinamo"da ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013
Serbiyalik futbolchi Samarqandning "Dinamo" klubida o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Predrag Vuyovich 2011 yil G'uzorning "Sho'rtan" klubida to'p tepganidan ko'pchilikning xabari bor. Uning oxirgi klubi Serbiya birinchi ligasi vakili "Metalac" klubi edi.

Futbolchi "Dinamo"ning mashg'ulotlarida ishtirok etadi. Katta extimol bilan bugungi "Paxtakor"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushadi. Agar futbolchining harakatlari murabbiylarga maqul kelsa u "Dinamo" bilan shartnoma tuzishi mumkin.


Predrag Vuyovich
Fuqaroligi:
Serbiya
Tug'ilgan sanasi:
1983 yil 20 avgust
Ampluasi: Yarim himoyachi
Bo'yi: 1.80 sm
Klubi: "Metalac" (Serbiya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia