Prandelli Valensiya bilan 2 yillik shartnoma tuzadi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2016, 07:59
Mashhur italiyalik murabbiy Chezare Prandelli Valensiyada ish boshlashga yaqin.
59 yoshli murabbiy Ispaniya klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzadi va dushanba kunidan ishni boshlaydi, deb xabar bermoqda The Times.

Prandelli 2014 yilda Galatasaroydan ketgach ishsiz yurgandi.

O'tgan haftada Valensiya Pako Ayestaranni iste'foga chiqargandi. Dastlabki 6 turdan so'ng klub 15-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: thetimes.co.uk