Portugaliya. 7-tur anonsi. "Benfika" - "Portu" va boshqa o'yinlar

Narzulla Saydullayev
5 okt 2018, 18:00
Bugun Portugaliyada 7-turning dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

championat.asia mazkur tur anonsini taqdim etadi.

Bu turda muxlislar chempionatning eng markaziy uchrashuvlaridan biriga guvohi bo'lishadi.

Lissabondagi "Eshtadiu da Luj" stadionida 36 karra mamlakat chempioni "Benfika" va 28 karra chempion "Portu" to'qnash kelishadi.

"Benfika" bu mavsumda hali mag'lub bo'lganicha yo'q. "Portu" hisobida esa bitta mag'lubiyat bor. O'tgan hafta "Portu" hujumchisi Vensan Abubakar jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Chempionat peshqadami "Braga" bu turni o'z uyida "Rui Avi"ga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs ham qiziqarli o'tishi shubhasiz. Sababi mehmonlar g'olib bo'lishsa ochkolari sonini "Braga" bilan tenglashtirib olishadi.


PORTUGALIYA. 7-TUR JUFTLIKLARI
5 oktyabr

19:30 - TONDELA - NASONAL
22:00 - SANTA-KLARA - SHAVISH
00:30 - FEYRENSI - BELENENSISH

6 oktyabr
19:30 - SETUBAL - MOREYRENSE
22:00 - MARITIMU - GIMARAYNSH
00:30 - BRAGA - RIU AVI

7 oktyabr
19:00 - BOAVISHTA - AVESH
21:30 - BENFIKA - PORTU
00:00 - PORTIMONENSI - SPORTING


PORTUGALIYA CHEMPIONATI. MUSOBAQA JADVALI




TO'PURARLAR POYGASI

5

Diego Souza (Braga)

4
Vensan Abubakar (Portu)
Uilson Eduardu (Braga)
Luish Picci (Benfika)

3
Osama Rashid (Santa-Klara)
Vitor Gomesh (Avesh)
Brayan Roches (Nasonal)
Luish Nani (Sporting)
Vinisius (Riu Avi)
Rikardu Orta (Braga)
Rafa Silva (Benfika)


Chempionat to'purari Diego Souza

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia