"Portu" "Real"dan 15 mln. evro evaziga Kasemironi xarid qilishi mumkin
Aslanov Jasurbek
29 may 2015, 17:12
"Portu" murabbiylar shtabi yarim himoyachi Karlos Kasemiro bilan xayrlashmoqchi emas.
Ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya klubi "Real"ga tegishli bo'lgan futbolchining xarid qilish huquqidan foydalanib qolmoqchi. Kasemiro ijara asosida "Portu"da to'p tepmoqda. Portugaliyaliklar futbolchini 15 mln. evro evaziga xarid qilmoqchi.