"Portu" "Liverpul" futbolchisini xarid qildi

Alisher
20 iyul 2021, 16:28
"Liverpul" o'z rasmiy saytida yarim himoyachi Marko Gruichning "Portu"ga sotilganini e'lon qildi.

"Qizillar" transfer narxini ma'lum qilishmadi.

Gruich Yurgen Kloppning "Liverpul"dagi ilk transferi bo'lgandi. Ammo, futbolchi jamoa tarkibiga kira olmadi. Serb 5 yil davomida mersisaydliklar libosida faqatgina 16ta o'yinda maydonga tushdi.

25 yoshli xavbek o'tgan mavsumni "Portu"dagi ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com