“Portu” Jo Xartga ko'z tikdi

29 iyul 2019, 08:58
Angliya terma jamoasi sobiq posboni Portugaliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.

“Portu” “Byornli” sharafini himoya qilayotgan tajribali posbon Jo Xartga qiziqib qoldi. “Portu” rahbariyati Xartga Iker Kasilyasning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Avvalroq PSJ darvozaboni Kevin Trappning “Portu”ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Xart esa “Byornli” asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgani uchun klubdan ketishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole