"Portu" 8 mln. evro evaziga "Barselona"dan Teloning transfer huquqini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2015, 16:10
"Portu" o'z jamoasida ijara asosida to'p tepayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Kristian Teloning transfer huquqini sotib olmoqchi.
Kecha 23 yoshli futbolchining vakillari "Portu" rahbariyati bilan muzokara o'tkazishi kerak edi. Ijara kelishuviga ko'ra, "ajdarlar" ispanni sotib olishi uchun bor-yo'g'i 8 mln. evro to'laydi. Telo bu mavsumda Portugaliya chempionatining 22ta uchrashuvida ishtirok etib, 6ta gol urib, 6ta goll pas berdi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru