Polsha terma jamoasi ustozi: "Levandovski "Oltin to'p"ni yutmasa, adolatdan bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
4 noya 2021, 21:59
Polsha termasi bosh murabbiyi Paulu Souza "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Oltin to'p"ni yutishi kerak deb hisoblaydi.

"U yutmasa, adolatdan bo'lmaydi. Robert yuqori darajasini saqlab turibdi. Faqat gollar taraflama emas, assistlar va jamoadoshlari bilan chiqishib, o'ynash borasida ham. Levandovski Ronaldu va Messiga qaraganda barqaror. U nisbatan qatiyatliroq. 

Uning jamoadagi o'rni va natijalarga ta’siri yuqorida nomi keltirilgan ikki futbolchidan ustun", – dedi Souza. 

Levandovski ushbu mavsumda 14 o'yinda 20 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker