Politano "Napoli"ga ko'chib o'tishi mumkin

23 yanv 2020, 01:30
"Sky Sport Italia" nashri xabariga ko'ra, "Inter"ning hujumkor yarim himoyachisi Matteo Politano faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

Neapol klubi futbolchi uchun 25 million evro taklif qildi. Bu summa "Inter" rahbariyatini to'la qoniqtiradi. Politano bilan ham shaxsiy kelishuvga erishilsa, transfer amalga oshiriladi. 

Shuningdek, Rimning "Roma" klubi ham Politanoni xarid qilish fikridan qaytgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia