Pol Pogba 8 martda maydonga qaytmoqchi

Alisher
12 fev 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba tez orada maydonga qaytishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi jamoaning maqsadlariga erishishida yordam bermoqchi va "Old Trafford"da o'zidan yaxshi xotira qoldirmoqchi.

Bundan tashqari, francuz transferlar oynasi uchun o'zining yaxshi taraflarini ko'rsatmoqchi.

Pogba 8 martda maydonga qaytishni rejalashtirmoqda. O'sha kuni "Manchester Yunayted" "Manchester Siti" bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, Polni to'pig'idan olgan jarohat qiynamoqda. U joriy mavsumda deyarli maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail