Pogba "Yuventus"ga qaytishga yaqin

Mirjalol Normatov
17 may 2020, 15:55
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga qaytishga yaqin turibdi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, Turin klubi ushbu transfer ishlarini tezkorlik bilan yopishni rejalashtirmoqda. Ushbu transferning bir qismini A Seriyada o'zini ko'rsata olmayotgan, "Yuve"ga erkin agent sifatida kelgan Adrien Rabo tashkil qilishi mumkin.

Ushbu mavsumda Pogba jarohatini davolash bilan o'tkazdi. Shu boisdan u MYU tarkibida barcha turnirlarda 8 o'yinda qatnashdi va 1 gol hamda 2 assist qayd etdi.

Pogba 2012-2016 yillar davomida "Yuve" tarkibida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe