Pogba umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023
Fransiyalik xavbek safga qaytishga yaqin.

"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba umumiy guruhda mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi. Bu haqda "Football Italia xabar bermoqda. 



Fransiyalik futbolchi ushbu mavsumda maydonga tusha olmagan jarohatidan tiklanish jarayonini yakunlamoqda.



"Byankoneri" hujumchisi Dushan Vlaxovich ham safga qaytishga yaqin turibdi. Serbiyalik futbolchi oktyabr oyi oxiridan beri maydonga tushmadi.

"Yuventus" navbatdagi o'yinini 13 yanvar kuni "Napoli"ga qarshi safarda o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia