

"Pogba "Lacio"ga qarshi o'ynay olmaydi, unda haliyam og'riq bor.
Afsuski, uzoq vaqt maydondan tashqarida bo'lsang va keyin mehnat intensivligini oshirsang og'riqlar paydo bo'ladi. Menimcha, Pol bir necha haftadan so'ng yaxshi formada bo'ladi.
U organizmini ko'niktirishi lozim, bunga vaqt kerak.
Vlaxovich asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin, boshqalar haqida o'ylab ko'raman. Bahs 120 daqiqa davom etishi mumkin, shunday ekan zaxiradagilr asosiy tarkibdan muhimroq bo'ladi" - deydi Allegri.
"Yuventus"ning "Lacio"ga qarshi Italiya Kubogi chorak final uchrashuvi 3 fevral soat 01:00da boshlanadi.



