

Bu haqda ESPN ma'lum qildi.
Amerikaning "Di Si Yunayted" klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, yarim himoyachi faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida.
Futbolchi kelajakda MLS'ga o'tishni o'ylamoqda. Uning do'stlari Jiru va Loris allaqachon "Los-Anjeles"da o'ynamoqda, ammo hozircha u Yevropa darajasiga chiqishni maqsad qilgan. Uning fikricha, u hali ham Chempionlar Ligasida o'ynashga va JCH-2026 uchun Fransiya terma jamoasi takibidan joy olishga qodir.
Yarim himoyachi noyabr oyidan beri oilasi bilan Mayamida istiqomat qilmoqda. U yerda yakka tartibda shug'ullanib, o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etyapti. Shuningdek, u "Di Si Yunayted" qiziqish bildirishidan oldin "Inter Mayami" egasi Devid Bekxem va boshqa MLS jamoalari bilan aloqaga kirishdi.



