Pogba golini vafot etgan otasiga bag'ishladi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2018, 16:44
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Pol Pogba Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (3:1) urgan golini otasiga bag'ishladi.

Futbolchining otasi Fassu Antuanu o'tgan yili uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so'ng vafot etgan edi.

Pogbaning otasi bugun 80 yoshga to'lgan bo'lardi.

"Tug'ilgan kuningiz bilan dadajon. Men va aka-ukalarim bilan birga ekanligingiz uchun rahmat" - deb yozdi fransiyalik futbolchi "Instagram"dagi surati ostiga.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com