Pogba YCHL yarim finaliga qadar safga qaytishi mumkin
Narzulla Saydullayev
24 apr 2015
Yuventus yarim himoyachisi Pol Pogba YCHL yarim final o'yinlariga qadar safga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Forza Italian Football nashri.
Eslatib o'tamiz, francuz mart oyida Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yinda jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqandi.