Pogba: "Biz o'tgan o'yinlarni yoddan chiqarishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
9 iyul 2020, 22:54
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoani oldingi holatiga qaytishi uchun nimalar qilish kerakligini aytdi.

Ayni damda "qizil iblislar" APL turnir jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.

"Top-jamoaga aylanish uchun o'tgan o'yinlarni yoddan chiqarish kerak. Biz yaxshi o'ynayapmiz, gollar urib, tezda navbatdagi o'yinni o'ylayapmiz. O'tgan haftada biz bo'lib o'tgan voqeliklarni ko'rib chiqdik va faqatgina oldinga intilish kerakligini hulosa qilib oldik. Odamzod doimo oldiga maqsad qo'yishi shart. Biz ham rivojlanishdan to'xtamasligimiz kerak", - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal