Pogba "Barselona"dagi raqamini tanladi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Barselona"dagi raqamini tanladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan klubi texnik direktori Erik Abidal bilan bo'lgan muzokaralarda xavbekka 8-raqam taklif etildi. Eslatib o'tamiz, avvalroq bu raqamda 22 yil davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan Andres Inesta o'ynar edi. Pogba ushbu taklifni yuqori baholadi va transfer amalga oshsa, bu raqamda o'ynashga tayyorligini bildirdi.

Oldinroq, Pogba "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport