Podolskining "Arsenal"dagi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2014, 19:08
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger klub futbolchisi Lukas Podolskining qishda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o'tdi.
"Podolskining qishda klubdan ketishi hali noma'lum. Futbolchining narxini men belgilayman. Matbuotda unga berilayotgan narx asliga to'g'ri kelmaydi. U hozir sotilmaydi, bizda u bo'yicha takliflar yo'q.

Podolski o'ynayotgan chiziqda raqobat kuchli. U safimizga JCHdan so'ng kechroq kelib qo'shilgan. Shu sababli jismoniy holati boshqalarnikidan farq qiladi", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru