

Futbolchi bu haqda "Instagram"da ma'lum qildi va "Vissel Kobe"ga o'tishi aniq bo'ldi.
"Mavsum yakunlanganidan so'ng Jey-liganing "Vissel Kobe" klubiga o'taman. Bu "Galatasaroy"ga qarshi qabul qilingan qaror emas, bu shunchaki men uchun yangi chaqiruv. Vaqti kelganda aniqroq ma'lumot beraman. Hozir bor e'tiborim "Galatasaroy"ga qaratilgan" - deb yozadi Podolski.
Turk matbuoti tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, "Galatasaroy" Podolskini 2,6 mln. evro evaziga sotish ustida ishlayapti. Nemis futbolchisining Turkiya klubi bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.
Lukash Podolski joriy mavsumda "Galatasaroy" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.



