Pochettino: "Zidan haqida mendan emas, rahbariyatdan so'rang"

Оқил Абдубарноев
11 fev 2022, 20:42
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino iyun oyida Zinedin Zidanning Parij klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq argentinalik mutaxassisning yozda "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi xabar qilingandi.

"Kelgusida nima bo'lishini bilmayman, men qaror qabul qilmayman. Zidan buyuk murabbiy ekanligini tan olish kerak. Shuningdek, u francuz.

Uning kelishi to'g'risida direktor yoki prezidentdan so'rang", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Larguero