​Pochettino: "Turli xil gaplar eshitmoqdaman, ammo boshqa klubda nima bo'layotganini bilish mening ishim emas"

18 dek 2018, 22:15
"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino MYUga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi.

"Bu kabi savollarga javob bera olmayman. Shu kabi mish-mishlar futbolda uchrab turadi. Asosiy e'tiborim, "Tottenhem"dagi ishlarimni maksimal darajada bajarishga qaratilgan.

Mourinyuga eng yaxshi tilaklarimni etkazmoqchiman. Uni anchadan beri bilaman va aloqalarimiz durust. U juda yaxshi do'st. Bugun kayfiyatni tushirib yuboradigan xabarni eshitdik", - deya fikr bildirdi argentinalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia