Pochettino Ramosning PSJga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

Alisher
29 yanv 2021, 11:00
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning ehtimoliy transferi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Klubimiz sinchkovlik bilan transfer bozorini va shartnoma imzolashimiz mumkin bo'lgan futbolchilarni o'rganmoqda. Ramos bilan bog'liq vaziyat 2-3 oydan so'ng ma'lum bo'ladi.

Agar Serxio transferga rozi bo'lsa, unda ajoyib klubda o'zini ko'radi", - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Ramos "Real"ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca