Pochettino: "Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

Оқил Абдубарноев
18 fev 2022, 19:37
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Real"ga qarshi o'yindagi qoniqarsiz o'yini uchun tanqid qilingan Lionel Messini maqtadi.

“U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Agar kimgadir futbol nima ekanligini tushuntirish kerak bo'lsa, Leo Messini misol tariqasida keltirish mumkin. Penaltini noaniq amalga oshirish uning o'ziga bo'lgan ishonchiga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi. U ajoyib o'yin ko'rsatdi", - dedi Pochettino "Nant"ga qarshi safar o'yini arafasida o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi o'yinda Lionel Messi ikkinchi bo'limda penaltini aniq amalga oshira olmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport