Pochettino: "Men oq bayroq ko'taradiganlardan emasman"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 17:43
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino muammolarga bo'lgan munosabati va natijalar tufayli bo'layotgan bosimlar haqida fikr bildirdi.

"Hozir besh yil avvalgiga qaraganda ancha xotirjamroqman. Men bosim yoki stressni his qilmaydigan inson va murabbiyman. Turli tajribalarga ega bo'lishni xush ko'raman.

G'alaba qozonsang, hammasi osonroq, ammo bunday bo'lmasa, xotirjamlikni saqlab, balansni yo'qotmaslik lozim.

Pozitiv bo'lsangizgina vaziyatni o'zgartira olasiz. Agar emociyalaringiz negativ bo'lsa, oq bayroq ko'targan yaxshi, ammo men bundaylardan emasman. Muammolarga orqa burishni yoqtirmayman.

Doimo kimman, qayerdaman, nega "Tottenxem" bilan shartnomam borligini eslayman. Ketma-ket to'rt mavsum Chempionlar ligasida o'ynayapmiz va yangi arenada to'p tepyapmiz. CHL finalidagi ishtirokdan so'ng maqsadlar o'zgargan. Biroq boshqa klublar ham bir joyda turgani yo'q.

Hozir yaxshi formada emasmiz va yana o'zimiz istagandek to'p tepish uchun mehnat qilishimiz lozim. Vaqt kerak bo'ladi, ammo bunga qodirmiz" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports