Pochettino: “Livperpul” tarkibi dunyoda eng yaxshilardan biri”

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 02:36
“Tottenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Liverpul”ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa o'yinini yuqori baholadi.

“Liverpul” tarkibi nafaqat Angliyada, balki dunyodagi eng yaxshilardan biri. Menga shunday tuyuladi.

Omadsiz “seriya”? Bizdayam noyabr oyida, Chempionlar ligasida qatnashganimizda shunday muammo bo'lgandi. “Manchester Siti” bilan o'yindan keyin, oktyabr oyining boshida biz 7 yoki 8 ta bahsda g'olib chiqa olmadik. Har qanday klubda 10 oy davomida shu va shunga o'xshash “qora chiziq” bo'lib turadi. Bizdayam shunaqasi bo'lgan. Ularda yaxshi jamoa mavjud va bu bahsda raqibimizda motivaciya yuqori bo'lishiga shubha yo'q. “Liverpul” va “Tottenxem”da futbol o'ynash borasida aniq g'oya mavjud. Biz ham maydonda raqib singari aql bilan harakat qilishimiz lozim. O'ylaymanki, bu o'yin yuqori “temp”da o'tadi va har ikki klub uchun bu bahs oson kechmaydi.

Bazida biz o'yinga boshqa tarkibni yoki taxtik sxemani tanlaymiz. Ammo asosiy o'yin g'oyasidan voz kechmaymiz. Har bir murabbiylar shtabining o'z uslubi bo'ladi va ular buni o'zgartirishni istashmaydi.
Klopp – tajribali va juda aqlli murabbiy. “Liverpul” esa APLdagi eng jismoniy tayyor jamoa”, deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: This is Anfield