Pochettino: "APL - eng raqobatbardosh liga"

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 18:59
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum yakunlari haqida gapirdi.

"O'tgan mavsum aqlbovar qilmas darajada o'tdi. "Liverpul"ni tabriklayman, ammo hali ham ularga qarshi tish qayrayapmiz. Mag'lubiyatlardan dars olib, og'riqlarni unuta bilish ham kerak.

"Liverpul" va "Manchester Siti"ning vazifasi shundayki, ular o'z darajasini saqlab qolishga intiladi. Biz esa ular bilan oradagi farqni kamaytirishimiz kerak.

Farqni kamaytirish - jiddiy vazifa. Ko'ramiz, vaziyat qanday bo'larkin. Ular ajoyib mavsumni o'tkazishdi. Shu boisdan ham APL - eng raqobatbardosh liga", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal