Pioli: “YCHLdagi o'yinlarim ichida eng yaxshisi”

Eldor Akmurzayev
15 fev 2023
Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Tottenxem” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Milan” ustozi Stefano Pioli o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Uchrashuv qiyin kechdi, bu kuchli raqib. Biroq, yaxshi harakat qildik.

Ehtiyotkor o'ynadik va o'ylaganlarimizni muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Yaxshi jamoaviy o'yin namoyish etdik. Afsuski, ikkinchi golni urolmadik.

“Tottenxem” kuchli va bu ikki o'yindan faqatgina birinchisi edi. Ikkinchisi esa yanada muhimroq sanaladi.

Mazkur uchrashuv ishonch bag'ishlaydi. Bizdagi kabi (omadsiz uchrashuvlar haqida) oylar bo'lib turadi, lekin doimo hamjihatlikni saqlab qoldik.

Balki, o'zimiz muxlislarni bizdan yaxshirog'ini kutishlariga o'rgatib qo'ygandirmiz, bizda pasayish bo'ldi, ammo ishonchim komilki, yana o'z futbolimizni ko'rsatamiz.

Yigitlarimga doimo ishonaman. Bu Chempionlar Ligasidagi o'yinlarim ichida eng yaxshisi bo'ldi”, deydi Pioli.

Eslatib o'tamiz, Londondagi javob uchrashuvi 8 martga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport