Pike to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2015, 17:12
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Atletik"ka qarshi o'yinda yon hakamni haqorat qilgani uchun Ispaniya chempionatining to'rtta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.

Pike ushbu harakati uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi.

Shunday qilib, himoyachi "Atletik", "Malaga", "Atletiko", va "Levante"ga qarshi bahslarda maydonga tushmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com