Pike murabbiy bo'lmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2024, 18:34
Ispaniyalik futbolchi yana futbolga qaytadi.

"Barselona" sobiq futbolchisi Jerar Pike kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Yangi yil keldi va yaxshilab o'ylab, futbolga qaytishga qaror qildim. Men uni juda sog'indim. Bu safar futbolchi sifatida emas. Men murabbiy bo'laman. Tafsilotlarni hafta oxirida baham ko'raman", – deb yozdi sobiq futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Pike "Barselona"ni 2023 yilning yanvarida tark etgandi, keyinroq esa faoliyatini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda