Pike “Las Palmas”ga qarshi maydonga tushishni istamagandi

1 okt 2017, 22:41
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike bugun Ispaniya chempionati doirasida “Las Palmas”ga qarshi maydonga tushishni istamagan ekan.

Bir qator kataloniyaliklar futbolchilar uchrashuvdan oldin uchrashuv o'tkaziladimi yoki yo'qmi degan savolga javob izlashgandi. Yakunda uchrashuv muxlislarsiz o'tkazilib, Pike asosiy tarkibda maydonga chiqdi.

Ayni paytda Barselonada Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan ajralib chiqishi masalasida referendum o'tkazilmoqda. Ko'chalarda mustaqillik tarafdorlari va ispan policiyasi o'rtasida to'qnashuvlar kuzatilgan. 300 ga yaqin inson jarohatlanganligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: Marca