PFL "Yil kashfiyoti"ni e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025, 14:52
"Navbahor" vingeri Abbos G'ulomov "Yil kashfiyoti" mukofotini qo'lga kiritdi.

27 yoshli G'ulomov faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazdi. Superligadagi 30 bahsning barchasida maydonga tushib, 10 ta gol urdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.

Ma'lumot o'rnida, mukofotga da'vogarlar orasida Nosir Abdusalomov ("Bunyodkor"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Javohir Ro'ziev ("Buxoro"), Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Amir To'raqulov ("Bunyodkor") kabi nomlar bor edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz