PFL: "Taqvimga o'zgartirish kiritildi"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2015, 14:37
O'zbekiston Yoshlar chempionatining 3-turida taqvimda o'zgartirishlar kiritildi.

3 aprel kuni Farg'onada O'zbekiston (U-20) va Yangi Zelandiya (U-20) o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi sabab, O'zbekiston yoshlar chempionatining 3-tur bahsi, "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvi 3 apreldan 5 aprelga ko'chirildi.

"Alanga" (Koson) va "Nasaf" (Qarshi) o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi-2015 o'tish bosqichi Kosondan, Qarshiga ko'chirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz