PFL hamda MTRK o'zaro kelishib, Superliga taqvimini o'zgartirdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2018
O'zbekiston Superligasi taqvimidagi birinchi o'zgarish FIFA kunlari sabab ro'y berdi.

Milliy terma jamoa murabbiylari shtabi “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” klublaridan uch nafardan ziyod futbolchini Marokashga olib ketgach, mazkur jamoalar Reglamentda ko'rsatilgani bo'yicha o'yinlar vaqtini o'zgartirishni so'rab, PFLga murojaat qilishdi.

To'g'ri, Marokashga qarshi bellashuv bo'lib o'tishi dekabr oyidayoq ma'lum bo'lib ulgurgandi. Ammo unda milliy terma jamoa murabbiylar shtabi terma tarkibiga qaysi klubdan kimlarni jalb etishi ma'lum emasdi. PFL esa murabbiylar nomidan ish tutib, taxminiy taqvimni tuzib chiqa olmaydi.
 
Keyinroq O'FA Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini masalasida ham kelishuvga erishdi. Ungacha esa may oyida JCH-2018 ning yana bir ishtirokchisi Eronga qarshi uchrashuv o'tkazish hal etilgandi. Mazkur o'yinlar FIFA kunlariga to'g'ri kelmaydi. Demak, taqvimda o'zgartirish qilishga ehtiyoj bor.
 
Bunda bir jihatga e'tiborni qaratish lozim. O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik o'yinlari bo'yicha kelishuvga erishgan raqiblarning barchasi Rossiya mundialida ishtirok etadi. Ularga qarshi o'yinlar birinchi galda futbolchilarga mahorat  maktabi vazifasini o'tab beradi. Qolaversa, O'FAning xalqaro maydondagi imidjiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Shundan kelib chiqib, taqvimdagi o'zgarishlarni OAV hamda futbol muxlislari to'g'ri tushunishlarini istardik.
 
2019 yilgi mavsumda Osiyo Kubogi, Osiyo o'yinlari, Jahon chempionati kabi musobaqalar taqvimga ta’sir o'tkazmaydi.  PFL 2018 yilgi taqvimni tuzishda JCH-2018 uchrashuvlarini intizor kutayotgan o'zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklarini birinchi planga olib chiqqan hamda Superliga o'yinlarini bu vaqtda parallel o'tkazmaslik borasida qaror chiqargan. Yuqoridagi musobaqalar rejaga ta’sir o'tkazmaydigan 2019 yilda esa O'FA ham o'rtoqlik uchrashuvlarini FIFA kunlariga belgilash yo'lida ish olib boradi. Natijada PFL ham barcha jihatlarni oldindan inobatga olib, taqvim o'zgarmasligi uchun intiladi.

Quyidagi taqvim o'zgarishlarida Urugvay hamda Eronga qarshi o'yinlar inobatga olindi. Shuningdek, O'zbekiston Kubogining formati o'zgarayotgani ham taqvimda o'z ifodasini topdi (bu haqda biroz keyinroq to'liq ma'lumot beriladi). Xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarning uchrashuvlari va Superliga markaziy o'yinlarining iloji boricha yaxshiroq kun va soatlarga belgilanishi masalasi qayta ko'rib chiqildi.
 
Va albatta, “Sport” telekanali hamda MTRK rahbariyatining takliflari ham taqvim o'zgarishida inobatga olindi. 2018 yilgi mavsumdan boshlab “Sport” telekanali Superliganing barcha o'yinlarini jonli ko'rsatishga harakat qilyapti. Biroq taqvimdagi zichlik sabab bazi tur bellashuvlari ikki kunda o'tishi ko'rsatilgandi. Yangi taqvimda shunday turlar nisbatan kamaytirildi. Shuningdek, telekanal ij rejasiga halal berishi mumkin bo'lgan jihatlar ham inobatga olindi. Endilikda Buxoro va Navoiy, shuningdek, vodiy klublari ishtirokidagi uchrashuvlar bir kunga to'g'ri kelmaydi. Bu jihat uchrashuvlar translyatsiyasi masalasiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.

PFL hamda O'FA futbol birinchi galda muxlislar uchun o'ynalishi kerak deb hisoblaydi hamda ular uchun qulaylik tug'diradigan ishlarni amalga oshirishda davom etadi.

Superliganing o'zgartirish kiritilgan taqvimi:

2 aprel (dushanba).  OCHL.
“Nasaf” – “Persepolis” (Eron)
3 aprel (seshanba). OCHL.
“Al-Vaxda” (BAA) – “Lokomotiv”

5-tur
5 aprel (payshanba)

Neftchi  – AGMK                    18:00
Qizilqum  – Bunyodkor           20:00
6 aprel (juma)
Metallurg  – So'g'diyona          20:00
Buxoro – Paxtakor                 18:00
7 aprel (shanba)
Lokomotiv  – Qo'qon-1912      18:00
Navbahor   – Nasaf                 20:00
 
6-tur
11 aprel (chorshanba)

So'g'diyona – Navbahor             18:00
Bunyodkor  – Metallurg          18:00
Nasaf – Lokomotiv               20:00
12 aprel (payshanba)
AGMK – Qo'qon-1912                  18:00
Paxtakor  – Qizilqum           18:00
Neftchi  – Buxoro                   20:00
 
15-16 aprel
O'zbekiston Kubogi. 1/16 final.

 
16 aprel (dushanba). OCHL.
“Al-Vasl” (BAA) – “Nasaf”
17 aprel (seshanba). OCHL.
“Lokomotiv” – “Zobaxan” (Eron)
 
7-tur
19 aprel (payshanba)
Buxoro – AGMK
Metallurg – Paxtakor
20 aprel (juma)
Qizilqum – Neftchi
Navbahor – Bunyodkor
21 aprel (shanba)
Lokomotiv – So'g'diyona
Qo'qon-1912 – Nasaf
 
8-tur
24 aprel (seshanba)

Neftchi  – Metallurg
Buxoro – Qizilqum
25 aprel (chorshanba)
Paxtakor  – Navbahor  
So'g'diyona – Qo'qon-1912
26 aprel (payshanba)
AGMK – Nasaf
Bunyodkor  – Lokomotiv
 
9-tur
29 aprel (yakshanba)

Navbahor   – Neftchi
Qizilqum  – AGMK
Lokomotiv  – Paxtakor
30 aprel (dushanba)
Nasaf – So'g'diyona
Qo'qon-1912 – Bunyodkor
Metallurg  – Buxoro
 
10-tur
4 may (juma)

Bunyodkor  – Nasaf
Neftchi  – Lokomotiv
5 may (shanba)
Qizilqum  – Metallurg
Buxoro – Navbahor  
6 may (yakshanba)
Paxtakor  – Qo'qon-1912
AGMK – So'g'diyona
 
7,8,9 may. OCHL. 1/8 final.Dastlabki uchrashuvlar.
 
11-tur
10 may (payshanba)

Lokomotiv  – Buxoro
Metallurg  – AGMK
11 may (juma)
Qo'qon-1912 – Neftchi
Nasaf – Paxtakor
12 may (shanba)
Navbahor   – Qizilqum
So'g'diyona – Bunyodkor
 
14, 15, 16 may. OCHL 1/8 final. Javob uchrashuvlari.
 
17 may (payshanba).
O'rtoqlik uchrashuvi. Eron - O'zbekiston

 
IKKINCHI DAVRA

 
12-tur
20 may (yakshanba)

Nasaf – Neftchi
AGMK – Bunyodkor
21 may (dushanba)
So'g'diyona – Paxtakor
Qo'qon-1912 – Buxoro
22 may (seshanba)
Lokomotiv  – Qizilqum
Navbahor   – Metallurg
 
13-tur
25 may (juma)

Buxoro – Nasaf
Neftchi  – So'g'diyona
Paxtakor  – Bunyodkor
26 may (shanba)
Navbahor   – AGMK
Metallurg  – Lokomotiv
Qizilqum  – Qo'qon-1912
 
29-30 may.
O'zbekiston Kubogi. 1/8 final.

 
14-tur
2 iyun (shanba)

Lokomotiv  – Navbahor    
AGMK – Paxtakor
So'g'diyona – Buxoro
3 iyun (yakshanba)
Nasaf – Qizilqum
Qo'qon-1912 – Metallurg
Bunyodkor  – Neftchi
 
7 iyun (payshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Urugvay - O'zbekiston

 
15-tur
10 iyun (yakshanba)

Buxoro – Bunyodkor
Navbahor   – Qo'qon-1912
11 iyun (dushanba)
Qizilqum  – So'g'diyona
Neftchi  – Paxtakor
12 iyun (seshanba)
Lokomotiv  – AGMK
Metallurg  – Nasaf
 
14 iyun – 7 iyul.  JCH-2018.
16-tur
8 iyul (yakshanba)

AGMK – Neftchi
Paxtakor  – Buxoro
Nasaf – Navbahor  
9 iyul (dushanba)
So'g'diyona – Metallurg
Bunyodkor  – Qizilqum
Qo'qon-1912 – Lokomotiv
 
10-11 iyul. JCH-2018
 
12-13 iyul
O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

 
14-15 iyul. JCH-2018
 
17-tur
17 iyul (seshanba)

Qo'qon-1912 – AGMK
Lokomotiv  – Nasaf
Qizilqum  – Paxtakor
18 iyul (chorshanba)
Metallurg  – Bunyodkor
Buxoro – Neftchi
Navbahor   – So'g'diyona

22-23 iyul
O'zbekiston Kubogi.  Yarim final. Dastlabki uchrashuvlar.

 
18-tur
27 iyul (juma)

AGMK – Buxoro
Bunyodkor  – Navbahor  
28 iyul (shanba)
So'g'diyona – Lokomotiv
Nasaf – Qo'qon-1912
29 iyul (yakshanba)
Neftchi  – Qizilqum
Paxtakor  – Metallurg
 
19-tur
3 avgust (juma)

Nasaf – AGMK
Lokomotiv  – Bunyodkor
4 avgust (shanba)
Qo'qon-1912 – So'g'diyona
Qizilqum  – Buxoro
5 avgust (yakshanba)
Navbahor   – Paxtakor
Metallurg  – Neftchi
 
8-9 avgust.
O'zbekiston Kubogi. Yarim final. Javob  uchrashuvlari.

 
20-tur
12 avgust (yakshanba)

AGMK – Qizilqum
Paxtakor  – Lokomotiv
13 avgust (dushanba)
Neftchi  – Navbahor  
Bunyodkor  – Qo'qon-1912
14 avgust (seshanba)
Buxoro – Metallurg
So'g'diyona – Nasaf
 
21-tur
17 avgust (juma)

Lokomotiv  – Neftchi
Qo'qon-1912 – Paxtakor
18 avgust (shanba)
Navbahor   – Buxoro
Metallurg  – Qizilqum  
19 avgust (yakshanba)
So'g'diyona – AGMK
Nasaf – Bunyodkor
 
22-tur
24 avgust (juma)

Buxoro – Lokomotiv
Neftchi  – Qo'qon-1912
25 avgust (shanba)
Paxtakor  – Nasaf
AGMK – Metallurg
26 avgust (yakshanba)
Qizilqum  – Navbahor  
Bunyodkor  – So'g'diyona
 
27, 28, 29 avgust.  OCHL. Chorak final
 
30 avgust (payshanba)        
Zaxira kun

 
·4-turdan qoldirilgan AGMK – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv muddati keyinroq ma'lum qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz