PFL Babayan va Kapadzeni jazoladi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2015, 14:10
PFL tartib intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Oliy liga

Dinamo yarim himoyachisi Nikolay Chipev Nasafga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani va qanot hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Neftchi klubi raisi Toxir Kopadze Qizilqumga qarshi o'yin so'nggida nomaqbul harakat qilgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi, ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

Neftchi yarim himoyachisi Mansur Saidov Qizilqumga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'idan yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi..

Paxtakor bosh murabbiyi Samvel Babayan Qo'qon-1912ga qarshi o'yin so'nggida bosh hakamni haqorat qilgani uchun ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia