"Persepolis" ketma-ket uchinchi bor Eron chempioni

Xayrulla Xoliqov
17 may 2019, 08:26
Eronning "Persepolis" klubi qatorasiga uchinchi marta Eron chempionligini qo'lga kiritdi.

Bu jamoa oxirgi turda "Pars Janubi" bilan kuch sinashib 1:0 hisobida zafar quchdi va o'yindagi yagona gol Mario Budimir tomonidan kiritildi. Shu tariqa "Persepolis" o'z tarixida 12-bor mamlakat chempionligini nishonladi. 

Ikkinchi o'rin "Sepaxon" klubiga nasib etdi. Uchinchi o'rinni esa Tehronning boshqa bir jamoasi "Istiqlol" egalladi. To'purarlar poygasida "Fulad" hujumchisi Lusiano Chimbaga teng keladigani topilmadi. U 16ta gol bilan g'olib bo'ldi. Sizu bizga yaxshi tanish Ali Alipur esa bu mavsum 14ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com